Uaylder – Ortis jangining sanasi oʻzgardi
Superogʻir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder hamda kubalik Luis Ortis oʻrtasidagi jang sanasi oʻzgardi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.
Revansh jangi avval maʼlum qilinganidek 9-noyabr sanasida emas, balki 23-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Boʻlajak jangga Las-Vegas shahri mezbonlik qiladi. Jang sanasi nima sababdan oʻzgartirilganiga hech qanday izoh berilmagan.
Eslatib oʻtamiz, mazkur bokschilar oʻrtasidagi birinchi jang 2018-yilning 3-mart sanasida oʻtkazilgan boʻlib, unda Uaylder nokaut evaziga gʻalaba qozongan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring