U-20 Jahon chempionatining yarim finalchilari nomi maʼlum boʻldi
Kecha, 12-oktyabr kuni 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasining chorak final oʻyinlari yakunlandi. Ushbu bosqichda oʻtgan bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:
• Ispaniya U-20 2:3 Kolumbiya U-20
• Meksika U-20 0:2 Argentina U-20
• AQSH U-20 1:3 Marokash U-20
• Norvegiya U-20 1:2 Fransiya U-20
Yarim final juftliklari esa quyidagicha shakllandi:
• Marokash U-20 — Fransiya U-20
• Argentina U-20 — Kolumbiya U-20
Maʼlumot uchun, Jahon chempionatining yarim final bahslari 16-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Final bahsi esa 20-oktyabrga belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring