Turkmaniston va Eron bilan transport sohasida qator kelishuvlarga erishildi
Turkmanistonda boʻlib oʻtgan muzokaralarda Turkmaniston tomoni bilan “Oʻzbekiston–Turkmaniston–Eron” xalqaro transport va tranzit yoʻlagi orqali yuklarni Turkiyaga intermodal tashuvlarlarini tashkil etish, avtomobil tashuvlarida undiriladigan yigʻimlarni qisqartirish, Oʻzbekiston haydovchilariga Turkmaniston vizasini olish tartibini soddalashtirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Eron tomoni bilan esa avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari uchun oʻrnatilgan yigʻim va toʻlovlar miqdorini qisqartirish, «Chobahor» portidan Oʻzbekistonga pilot yuk avtomobil tashuvlarni tashkil etish, Oʻzbekiston orqali “Xitoy-Yevropa” transport yoʻnalishida tashuvlarni rivojlantirish maqsadida Eron tomoni bilan Turkiyaning Van koʻli orqali tashuvlar sxemasini hamkorlikda ishlab chiqishga kelishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring