Turkmaniston Prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

20:38 14 Iyul 2022 Siyosat
1193 0

Foto: president.uz

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakatimizga davlat tashrifining birinchi kuni yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida “Koʻksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.

Ushbu ezgu anʼana yaqin yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni va strategik sheriklikni kengaytirish uchun poydevor boʻladigan oliy darajadagi muzokaralarning sermahsul natijalarini mustahkamlaydi.

Turkmaniston rahbari tomonidan ekilgan daraxt xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalari buzilmas ekanining ramzlaridan biri boʻlib xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер