Turkmaniston Oʻzbekistonga gaz eksportini tikladi
21-yanvardan boshlab Turkmaniston Oʻzbekistonga kuniga 4,8 mln kub metr gaz yetkazib berishni tiklagan. Bugungi kunda bu koʻrsatkichni 12,6 mln kub metrga yetkazdi.
Asta-sekin yetkazib berishning kunlik hajmi 16 mln kub metrgacha oshadi — keskin sovuq tushishidan oldin shuncha gaz yetkazib berilgan.
Eslatib oʻtamiz, Turkmaniston sovuq tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga koʻra 12-yanvardan boshlab Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishni toʻxtatgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring