Turkiyaning “Sunexpress” kompaniyasi Izmirdan Samarqandga parvozlarni yoʻlga qoʻymoqda

09:23 25 Oktyabr 2023 Jamiyat
196 0

Turkiyaning “Sunexpress” aviakompaniyasi Izmir – Samarqand – Izmir yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻyadi.

Shaharlar oʻrtasida parvozlar 2023-yilning 12-noyabrida boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftasiga uch marta dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam ravishda Boeing 737 tipidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

“Sunexpress” aviakompaniyasi Antaliyada (Turkiya) joylashgan boʻlib, Turkiya va Yevropa boʻylab muntazam va charter asosida yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер