Turkiyaning Hatay viloyatida yana zilzila yuz berdi
Foto: Reuters
Yevropa Oʻrtayer dengizi seysmologiya markazi maʼlumotlariga koʻra, Turkiyaning Hatay viloyatida 4,9 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Departament maʼlumotlariga koʻra, silkinishlar Turkiya va Suriyaning chegaradosh hududida yuz bergan. Zilzila oʻchogʻi 5 km chuqurlikda boʻlib, Suriyaning Latakiya shahridan 73, Turkiyaning Antakya shahridan 9 kilometr janubda joylashgan.
Bir kun avval Turkiya sharqida 4,5 magnitudali yana bir zilzila qayd etilgandi.
Shu yilning 6-fevral kuni Turkiyada 7,7 va 7,6 magnitudali kuchli zilzilalar sodir boʻldi. Tabiiy ofat oqibatida 42 mingdan ortiq odam halok boʻldi. Yer silkinishlari Suriyada ham talafotlarga sabab boʻldi, bu yerda 1414 kishi hayotdan koʻz yumgani maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring