Turkiyadan munosabat: Oʻzbekiston Italiya uchun tobora istiqbolli iqtisodiy hamkorga aylanib bormoqda
“EkoAvrasya” Yevrosiyo iqtisodiy aloqalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi yakunlari haqida oʻz fikrlarini bildirdi:
Oʻzbekistonning yangi iqtisodiy siyosati sharofati bilan Oʻzbekiston-Italiya munosabatlari, ayniqsa, savdo-iqtisodiy yoʻnalishda real taraqqiyotga erishdi.
Bu galgi tashrif va oliy darajadagi erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama koʻp qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish hamda mavjud imkoniyat salohiyatidan kelgusida toʻliq foydalanishdan Oʻzbekiston va Italiya manfaatdor ekanidan dalolat beradi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, biznes yuritish va sarmoyaviy hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotir. Buning natijasi oʻlaroq, Oʻzbekiston Italiya uchun tobora istiqbolli iqtisodiy hamkorga aylanib bormoqda.
Tovar ayirboshlash hajmining oʻsishi va Italiyaning 54 ta yirik kompaniyasining respublikada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani ham ikki davlat biznes tuzilmalari oʻrtasidagi samarali hamkorlikdan dalolat beradi.
Ishonchim komilki, tashrif yakunlari, jumladan, energetika, metallurgiya, qurilish materiallari sanoati, sogʻliqni saqlash va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda yangi qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha kelishuvlar Oʻzbekiston-Italiya munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun kuchli turtki boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring