Turkiyadagi prezidentlik saylovida Erdogʻan yetakchilik qilmoqda
Фото: Reuters
Turkiyaning amaldagi prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan mamlakatdagi prezidentlik saylovlarida 58,34 foiz ovoz toʻplab yetakchilik qilmoqda.
Bu haqda “A Haber“ agentligi Oliy saylov komissiyasiga tayanib xabar tarqatdi. Unga koʻra, byulletenlarning 10,86 foizi hisoblab chiqilganida ana shunday natija maʼlum boʻlgan.
Erdogʻanning asosiy raqibi, muxolifat nomzodi Kemal Qilichdarogʻlu 35,84 foiz ovoz toʻplagan.
Avvalroq Oliy saylov kengashi raisi Ahmet Ener Turkiyada saylovlarda ovoz berish yakunlangani, hech qanday muammo aniqlanmaganini aytgan edi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Istanbuldan Anqaraga qaytib kelgan. U saylovlar va ovozlarni sanab chiqish jarayonini kuzatishda davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring