Turkiyada roʻy bergan zilzila oqibatida halok boʻlgan va jarohatlangan Oʻzbekiston fuqarolari boʻyicha maʼlumot kelib tushmadi — TIV
Foto: Arxiv surat
Turkiyaning bir qancha hududlarida koʻplab qurbonlar va katta vayronagarchiliklarga sabab boʻlgan kuchli zilzila haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik.
Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz.
2023-yil 6-fevral Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga koʻra, mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok boʻlgan va jarohatlangan Oʻzbekiston fuqarolari boʻyicha maʼlumot kelib tushmadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring