Turkiyada noyob sarkofag topildi
Turkiyaning Antaliya viloyati Demre tumanidagi Avliyo Nikolay cherkovida sarkofag topildi.
Bu haqda Hatay Mustafo Kamol universiteti Sanʼat tarixi boʻlimi oʻqituvchisi va qazish ishlari boʻlimi boshligʻi professor Ebru Fatma Findik maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, Turkiya Madaniyat va turizm vazirligining “Kelajak merosi” loyihasi doirasida janubdan cherkov hovlisi bilan chegaradosh 20 metr uzunlikdagi ikki qavatli bino ichida qazish ishlari olib borilmoqda.
“Imorat ichida burgʻulash chogʻida kutilmagan bir sarkofagga duch keldik. U bezaksiz sarkofaglar guruhi orasida, mahalliy toshdan yasalgan va xiyol baland barrel shaklidagi tomi bor. Qopqoqning tor tomonida yarim doira shaklidagi tutqich mavjud. Taxminan 2 metr uzunlikdagi sarkofagning yer osti qismi 1,5-2 metr balandlikda boʻlishi taxmin qilinmoqda. Uning mintaqadagi sarkofag turlariga oʻxshashligi hayratlanarli. Bundan tashqari, burgʻulash jarayonida sarkofagga yetib borgunga qadar koʻplab moy chiroq parchalari va hayvonlarning suyaklari ham topildi”, — deydi mutaxassislar.
“Asl joyida (in situ) turgan sarkofagni birinchi marta uchratishimiz. Avliyo Nikolay qabri joylashgan, deb taxmin qilingan cherkovga juda yaqin joyda sarkofagning topilgani bizni juda quvontirdi. Loyiha doirasida u joylashgan hududda qazish va restavratsiya ishlarini yakunlab, mamlakatimiz turizmiga hissa qoʻshishdan mamnunmiz”, — deydi professor Ebru Fatma Findik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring