Turkiyada koronavirusga chalinganlar 100 mingga yaqinlashdi
Foto: www.google.com
Turkiya sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 98 674 nafarga, virusdan vafot etgan soni esa 2376 nafarga yetdi.
Sogʻliqni saqlash muassasalarida shu paytgacha koronavirusni aniqlash maqsadida 750 944-marta test oʻtkazilgan. Bemorlardan 16 477 nafari virusdan tuzalib ketdi.
Sogʻliqni saqlash vazirining soʻzlariga koʻra, mamlakatda vaziyat kundan-kunga yaxshilanmoqda, ayni paytda Turkiyada koronavirusdan oʻlim darajasi 2,3% ni tashkil qiladi va bu dunyodagi eng past koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, Turkiyada koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator cheklovlar joriy etilgan. Jumladan, mamlakatning 31 viloyatida bugundan eʼtiboran toʻrt kunlik komendantlik soati amal qila boshladi. Mazkur rejim yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi soat 24:00 da yakuniga yetadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring