Turkiyada ham portlashlar sodir boʻlgani toʻgʻrisidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi
Ijtimoiy tarmoqlarning oʻzbek segmentida arab davlatlaridan birida sodir boʻlgan portlash hodisasi turk jurnalisti tomonidan yoritilgani sababli, goʻyoki ushbu voqea Turkiya Respublikasiga qarshi amalga oshirilgan hujum sifatida talqin qilinayotganligi kuzatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirib, ushbu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini hamda voqea Turkiya hududi bilan bogʻliq emasligini maʼlum qildi.
“Shu munosabat bilan blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari va ommaviy axborot vositalari vakillaridan axborotni eʼlon qilishdan avval uning ishonchliligini bir necha mustaqil manbalar orqali tekshirish, rasmiy maʼlumotlarga tayanish hamda imkon qadar aniq manbani koʻrsatgan holda yoritishlarini soʻraymiz”, — deyiladi munosabatda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring