Turkiyada ham koronavirus bilan bogʻliq birinchi holat qayd etildi. Yevropada infeksiya yetib bormagan ikkita mamlakat qoldi

12:14 11 Mart 2020 Dunyo
1515 0

Arxiv surat

Turkiyada birinchi koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Daily Sabah nashri yozmoqda.

Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri Faxruddin Qovjaning aytishicha, virus yaqinda Yevropa safaridan qaytgan odamda aniqlangan.

Shu tariqa koronavirus kirib bormagan Yevropaning ikki davlati qoldi. Bular — Kipr va Chernogoriya.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunga kelib dunyo boʻyicha 117 769 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Kasallik tufayli 4293 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер