Turkiya prezidenti WhatsAppʻdan voz kechib, Telegramʻda roʻyxatdan oʻtdi
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon Telegram va BIP tarmoqlarida oʻz sahifalarini ochdi. Bu haqda ushbu davlat rahbari adminstratsiyasi xabar berdi.
"Bizning prezident @RTErdogan endi BIP va Telegramʻda" deyiladi unda.
Bundan oldin turk maʼmuriyati yangilangan foydalanuvchilik bitimi munosabati bilan WhatsAppʻdan voz kechganini maʼlum qilgandi.
Bugun tushga yaqin Erdoʻgʻonning telegram messenjeridagi obunachilari soni 157,4 mingdan oshib ketgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring