Turkiya Prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi.
Oliy martabali mehmonni aeroportda Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Bugun Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisi bilan uchrashuv oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring