Turkiya kompaniyasi Oʻzbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi

16:55 08 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
1203 0

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Nodir Mirahmedov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyada amaliy safar bilan boʻlib turibdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Safar doirasida zargarlik sohasidagi yirik kompaniyalar, Turkiya xorijdagi vatandoshlar va diaspora ishlari boʻyicha bosh boshqarmasi hamda Anqara Xoji Bayram Vali universiteti rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazildi.

Uchrashuvlar natijasida Oʻzbekistonda “Nar Altin A.Ş.” kompaniyasi bilan birgalikda zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihasini amalga oshirishga kelishildi.

Turkiya xorijdagi vatandoshlar va diaspora ishlari boʻyicha bosh boshqarmasi raisi oʻrinbosari Sayit Yusuf bilan boʻlib oʻtgan muloqot natijasida oʻzbekistonlik talabalarga ushbu mamlakatning yetakchi universitetlarida zargarlik mutaxassisligi boʻyicha professional taʼlim olish hamda qisqa muddatli oʻquv kurslari va amaliyotini tashkil qilish uchun grant ajratish boʻyicha bir toʻxtamga kelindi.

Eʼtiborlisi, Turkiya bilan hamkorlik doirasida joriy yilda Oʻzbekistondan ilk 14 nafar talaba Anqara va boshqa shaharlarda zargarlik yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olishni boshlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер