Turkiya chempionati. Oʻzbekistonlik futbolchilar jamoalari oʻzaro toʻqnash keldi
Kecha, 22-oktyabr kuni Turkiya Superligasining 3-turidan qoldirilgan bahs boʻlib oʻtdi. Unda Husniddin Aliqulov faoliyat olib borayotgan “Rizespor” jamoasi oʻz maydonida tarkibida Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev toʻp surayotgan “Istanbul Bashakshehir” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvda golsiz durang natija qayd etildi. Abbosbek Fayzullayev jarohati tufayli maydonga tushirilmadi. Husniddin Aliqulov oʻyin qaydnomasidan oʻrin oldi.
Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov esa asosiy tarkibda maydonga tushdi va toʻliq oʻyin oʻtkazdi. Eldorning harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 7,4 ballga baholandi.
“Rizespor” — “Bashakshehir” 0:0
“Rizespor” — Jonpoʻlat, Shahin, Moksi, Akaydin, Xoyer (Pala, 80), Papanikolau, Latsi, Bulut (Yurechka, 73), Zakiri, Bulyubashich (Antalyali, 80), Sou.
“Bashakshehir” — Shengezer, Ebosele (Shahiner, 46), Duarte, Opoku, Operi, Oʻzdemir (Ergun, 89), Gunesh, Turuch (Sari, 63), Kemen (Krespo, 46), Da Koshta (Brnich, 63), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Da Koshta (30), Ebosele (38), Zakiri (39), Akaydin (52), Moksi (56).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring