Turkistonda yoʻlovchi avtobusi yoʻl chetidagi ariqqa agʻdarilib ketdi
Qozogʻistonning Turkiston viloyatida yoʻlovchi avtobusi yoʻl chetidagi ariqqa agʻdarilib ketgan. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Qayd etilishicha, salonida 21 kishi boʻlgan ushbu transport vositasi Olmaotadan Sariagʻashga ketayotgan edi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, noqulay ob-havo sharoiti tufayli haydovchi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida ushbu YTH roʻy bergan.
Haydovchi va bir nafar yoʻlovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring