“Turkish Airlines” Turkiyadan Fargʻonaga toʻgʻridan toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi
“Turkish Airlines” Turkiyaning yirik shaharlaridan Fargʻonaga toʻgʻridan toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻymoqchi. Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, aviakompaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Salim Qahramon boshchiligidagi koʻp sonli turk mutaxassislaridan iborat ishchi guruh mahalliy xalqaro aeroportni koʻzdan kechirish hamda mavjud infratuzilma va xavfsizlik tizimi bilan joyida tanishish uchun Fargʻonaga keldi.
Mehmonlarni aeroport direktori Timur Halilov hamda viloyat hokimligi mutasaddilari kutib oldilar. Muloqot chogʻida Fargʻona aeroportining vodiy hududida tutgan oʻrni va roli eʼtirof etildi. Mehmonlarga viloyatning iqtisodiy va yoʻlovchi salohiyati, shuningdek Turkiya bilan hamkorlik yoʻnalishlari haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuv chogʻida havo kemalariga yerusti xizmati koʻrsatish hamda umumiy xavfsizlik risklari masalalari alohida muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring