Turkiy kengashning yangi binosi oldida bayroqlar koʼtarildi
Foto: President.uz
Istanbul shahrida 12 noyabr kuni Turkiy kengash kotibiyatining yangi binosi oldida bayroq koʼtarish marosimi boʼlib oʼtdi.
Marosimda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va qardosh mamlakatlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Tantanali ravishda Oʼzbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirgʼiziston, Qozogʼiston, shuningdek, Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari koʼtarildi.
Ushbu kotibiyat tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bundan buyon ham muhim oʼrin tutishiga umid bildirildi.
Turkiy kengash kotibiyati joylashgan bino XIX asr boshida barpo etilgan hamda Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring