Turizm va unga turdosh sohalarda kamida 200 mingta yangi ish oʻrinlari yaratish vazifasi qoʻyildi

17:28 26 Aprel 2022 Siyosat
1102 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Turizm vaziri, uning yangi tayinlangan oʻrinbosarlari, viloyat hokimlari va turizm boʻyicha muovinlari oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri - turizm sohasida pandemiyagacha boʻlgan koʻrsatkichlarni tiklash ekani taʼkidlandi.

Turizm va unga turdosh sohalarda kamida 200 mingta yangi ish oʻrinlari yaratish vazifasi qoʻyildi.

Buning uchun yil yakuniga qadar har bir viloyatda turistlar uchun jozibador boʻlgan kamida 20 million dollarlik 1 tadan yirik loyihani boshlash zarur.

Misol uchun, Namanganda ishga tushirilgan “Afsonalar vodiysi”, Boʻstonliqda «Amirsoy majmuasi»da ham bolalar uchun, ham kattalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, kuniga minglab xorijiy va mahalliy turistlar kelmoqda.

Bunday yirik loyihalarni qoʻshni davlatlar uchun qulay boʻlgan Andijon, Toshkent viloyati, Qashqadaryo va Xorazmda barpo etish uchun barcha imkoniyatlar yetarli.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер