Turizm salohiyatini oshirish uchun joylarda musiqiy, koʻngilochar va maʼrifiy tadbirlar muntazam tashkil etib boriladi

18:14 11 Oktyabr 2023 Siyosat
770 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Yigʻilishda madaniy tadbirlarni koʻpaytirish turistlarni jalb qilishda katta imkoniyat ekani taʼkidlandi.

Bunday tadbirlar Buxoro, Navoiy, Namangan, Fargʻona, Xorazm, Toshkent viloyatlarida koʻp oʻtkazilayotgani, lekin Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida bu boradagi ishlar qoniqarsiz ekani aytildi.

Viloyatlar hokimlari Madaniyat vazirligi bilan birgalikda har oy yirik madaniy tadbir oʻtkazishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Tuman va shaharlarda koʻp sayilgoh, xiyobon, istirohat bogʻlari, teatr va madaniyat uylari boʻsh turgani, na turistlarni, na aholimizni oʻziga jalb qila olayotgani qayd etildi.

Hududlar rahbarlariga bu joylarda musiqiy, koʻngilochar va maʼrifiy tadbirlarni muntazam tashkil etib borishga topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер