Turizm obyektlariga olib boruvchi yoʻllar taʼmirlanmoqda
Said Donishev/«Xalq soʻzi». Turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanidagi “Uzunbuloq” hamda Baxmal tumanidagi “Novqa” mahalla yoʻllari taʼmirlanmoqda.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-10-aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Jizzax viloyatidagi Madaniy meros obyektlarini bogʻlovchi “Turizm halqasi” ishlab chiqish va uning infratuzilma holatini yaxshilash boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan bugungi kunda jami 31 kilometr yoʻllar, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarni taʼmirlash uchun respublika byudjetidan 10 milliard soʻm mablagʻ ajratildi. Ushbu mablagʻ hisobidan 12 kilometr shagʻal, 7 kilometr asfalt yoʻlni taʼmirlash va 12 kilometr yoʻlni yangidan asfaltlashtirish belgilangan.

Shuningdek, turizm salohiyati yuqori Gʻallaorol tumanidagi “Uzunbuloq” hamda Baxmal tumanidagi “Novqa” mahallalari uchun ayni paytda stella oʻrnatish ishlari ham amalga oshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring