Turist oq ayiq qurboni boʻldi
Shpitsbergen orolining Norvegiyaga tegishli hududida oq ayiq turistga hujum qilgan. Oqibatda sayyoh shifoxonada hayotdan koʻz yumdi. Yirtqichning oʻzi esa otib tashlangan. Bu haqda NRK xabar berdi.
Bu 1971-yildan beri odam oʻlimi bilan bogʻliq mana shunday beshinchi holatdir. Oxirgi marta 2011-yilda oq ayiqning insonga tashlanishi fojiali yakunlangan edi.
Norvegiyadagi qutb institutining oq ayiqlar boʻyicha mutaxassisi Yun Ors taxminiga koʻra, ayiq aholi yashash joyiga qorin gʻamida kelgan. Chunki oxirgi paytlarda bunday hayvonlar uchun ozuqa topish tobora qiyin boʻlib boryapti. Gap shundaki, muzlar erigani sari ayiqlar tobora koʻproq quruqlikda ov qilishiga toʻgʻri kelmoqda. Shu qatori ushbu yirtqichlar odamlarga ham oʻlja sifatida qarashyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring