Turarjoy va mablagʻsiz qolgan fuqarolar Oʻzbekistonga qaytarildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga ushbu hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Jizzax viloyatidan K.E. va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Q.D. murakkab vaziyatga tushib qolib, murojaat qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu fuqarolar 2021-yilda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun A
Ishsiz qolgan fuqarolar Penza shahrida ogʻzaki kelishuv asosida ishga joylashgan, ammo bu safar ham ish beruvchi tomonidan aldanib, turarjoy va mablagʻsiz murakkab vaziyatga tushib qolgan.
Fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Vatanga qaytarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring