Tuproqqal’ada 50 ming gektar yangi yerlar o‘zlashtiriladi

21:43 08 Aprel 2023 Jamiyat
1255 0

Foto: «Xalq so‘zi»

Davlatimiz rahbari   joriy yilning 31 mart kuni Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida  yangi yerlar o‘zlashtirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport hajmini oshirish, aholi farovonligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan ham qator vazifalarni belgilab berdi. Viloyatda mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Tuproqqal’a tumanida 50 ming gektar yangi yerlarni o‘zlashtirishga kirishildi. 

Shu munosabat bilan viloyatning kunchiqar darvozasi - Tuproqqal’a hududida o‘tkazilgan tadbirda aholi soni o‘sib borayotgan va dunyo miqyosida oziq- ovqat xavfsizligi masalasi global muammoga aylanib borayotgan hozirgi sharoitda mazkur loyihaning naqadar muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritildi.

Yangi yerlarni o‘zlashtirish va foydalanishga kiritish jarayonlarida ishtirok etuvchi agroklasterlar rahbarlari, fermerlar loyiha uchun subsidiya va kreditlar ajratish, yoqilg‘i- moylash materiallari va suv ta’minoti bo‘yicha o‘zlarining takliflarini bildirdilar.Shundan so‘ng nuroniylarning oq fotihasi bilan qudratli texnikalar yordamida yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish jarayoni boshlab yuborildi.

Odilbek Odamboyev
“Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер