Tugʻuruqxona xodimi qoʻlga tushdi

11:37 10 Mart 2020 Jamiyat
896 0

DXX Fargʻona viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi.

Margʻilon shahar tugʻruq kompleksi xodimlar noziri vazifasida ishlovchi N. Sh. reanimatsiya boʻlimi hamshirasi U. Z. ni ish stavkasini 0,25 dan 0,75 stavkaga oshirishni kompleks rahbari orqali hal qilib berishni vaʼda qilgan. U oʻz xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Margʻilon shahar tugʻruq kompleksining xodimlar noziri N. Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168 –moddasi 3 –qismi “v” bandi hamda 28, 211 –moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
OʻzA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер