Tropik jonivorlar olamiga sayohat
Poytaxtimizda Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi tomonidan “Tropik jonivorlar olamiga sayohat” nomli koʻrgazmasi ochildi.
Joriy yilning 18-oktyabriga qadar davom etadigan ushbu oʻn kunlik koʻrgazmaning ahamiyatli jihati shundaki, unda muzey eksponatlari — jonzotlardan iborat.
Unda Annam tayoqchasi (palochnik), Madagaskar suvaragi, Jekson buqalamuni (hamelion Jeksona), toʻlqinsimon toʻtiqush, qum boʻgʻma ilonchasi, uzunquloq kirpi, Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasi, ukki kabi sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar, kapalaklar va chigirtkalarning tirik namunalari namoyishga qoʻyilgan.
Shuningdek, baliqlarning noyob turlari hamda hasharotlar sinfining vakillarini ham oʻz koʻzingiz bilan koʻrishib, tomosha qilishingiz mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring