“Treyder” niqobi ostidagi firibgar qoʻlga olindi

17:37 06 Yanvar 2024 Jamiyat
795 0

Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi X.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 3.000.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi 37 yoshli M.A. sodir etganligi aniqlangan.

Unga koʻra, M.A. “Telegram” messenjeri orqali X.A. bilan tanishgan va unga oʻzini treyderlik faoliyati bilan shugʻullanishini, shuningdek, pullarini oz fursatlarda koʻpaytirib berishini vaʼda qilib, aldov yoʻli bilan unga tegishli boʻlgan bank karta rekvizitlarini qoʻlga kiritib, pullarini oʻzlashtirib olgan va oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, M.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер