Transafgʻon koridori orqali yuk tashuvlari rivojlantiriladi
Foto: Transport vazirligi
26-dekabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Afgʻoniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidullo Oxunzoda boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida,
— avtomobil tashuvlarida undiriladigan yigʻim va toʻlovlarni paritet asosida undirilishini taʼminlash;
— Afgʻoniston hududi orqali tranzit hamda ikki tomonlama tashuvlarni rivojlantirish;
— temir yoʻl tashuvlaridagi tarif stavkalariga imtiyozlar taqdim etish;
— “Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston” temir yoʻl qurilishi loyihasini jadallashtirish bilan bogʻliq masalalarni muhokama etishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring