Trampning ukasi jiddiy tashxis bilan kasalxonaga yotqizildi

13:30 15 Avgust 2020 Dunyo
1390 0

AQSH Prezidenti Donald Trampning ukasi Robert Tramp juma kuni Nyu-Yorkda “jiddiy tashxis” bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar bermoqda.

Oq uy rahbari 72 yoshli ukasini koʻrish uchun shifoxonaga tashrif buyurdi.

Ukasining kasalligini prezidentning oʻzi ham tasdiqladi, ammo nima kasal ekanligi sir tutilmoqda. Tramp oʻz ukasini “ajoyib odam” deya atadi va u bilan munosabatlari juda yaxshi ekanini taʼkidladi.

“Umid qilamanki, u sogʻayib ketadi. Ammo hozir ahvoli yaxshi emas”, - dedi Tramp.

Robert Tramp ilgari akasining Trump Organization nomli kompaniyasida boshqaruvchi lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер