Trampning maxsus vakili Moskvaga keldi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Moskvaga yetib keldi.
Uitkoffni aeroportda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi rahbari Kirill Dmitriyev kutib olgan.
Oldinroq, Tramp Uitkoffning Rossiyaga tashrif buyurishini aytgandi. Taxminlarga koʻra, 6-avgust kuni oʻz tashrifi chogʻida u Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishga koʻndirishga harakat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring