Trampga yaqin 6 kishi koronavirusga chalindi
Foto: РИА Новости
Donald Trampning saylovoldi kompaniyasi shtabining 6 nafar xodimida koronavirus aniqlandi. Bu haqda shtab direktori Tima Mertu maʼlum qilmoqda.
Vakilning qayd etishicha, shanba kuni Oklaxom shtatining Talsa shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan mitingga tayyorgarlik koʻrayotgan saylovoldi shtab aʼzolari koronavirusga test topshirgan.
“Xavfsizlik protokoliga binoan xodimlar miting oldidan COVID-19 testidan oʻtdi. Miting old guruhining olti aʼzosida koronavirus infeksiyasi aniqlandi va ular zudlik bilan karantinga olindi”, deydi Tima Mertu.
Timаning taʼkidlashicha, koronavirus aniqlangan 6 kishi bilan yaqin aloqada boʻlganlarning hech biri ommaviy tadbirda ishtirok etmaydi. Boshqalar esa tadbir oldidan antiseptik vositalardan foydalanadi, niqoblar taqadi, ularning tana harorati oʻlchanadi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, AQSH Prezidenti Donald Tramp mart oyidan buyon odatdagidek saylovchilar bilan ochiq maydonlar va sport inshootlarida uchrashmadi.
Mitingda 19 ming kishi qatnashishi kutilmoqda. Mamlakat bosh infeksionisti Entoni Fauchi va Oq uyning koronavirusga qarshi kurashish koordinatori Debora Birks yopiq arenada oʻtkaziladigan ushbu miting boʻyicha tashvishini bildirdi. Bunga javoban Oq uy bu kabi ommaviy tadbirlarda ishtirok etish va unda niqob taqish boʻyicha qaror qabul qilish odamlarning shaxsiy ishi ekanini maʼlum qildi.
Oq uy Matbuot kotibi Keyli Makenenining qayd etishicha, Kasallikning oldini olish va nazorat qilish markazi niqob taqish borasidagi tavsiyalari majburiy emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring