Trampga Eron bilan urushdan chiqish yoʻlini topish tavsiya qilindi
AQSH prezidenti Donald Trampning maslahatchilari xalq qoʻllovini yoʻqotmaslik uchun unga Eronga qarshi urushdan chiqish yoʻlini izlashni tavsiya qilishdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Nashr suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, Amerika yetakchisi Tehronning taslim boʻlishdan bosh tortayotganidan hayratda.
WSJ yozishicha: Prezident atrofidagilar harbiy nizodan chiqish rejasini ishlab chiqish va buni AQSH armiyasi barcha qoʻyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarganining oqibati sifatida koʻrsatishni muhim deb hisoblamoqda.
Nashrda qayd etilishicha, Eronga qarshi operatsiyaning jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanish darajasi hozirning oʻzidayoq yuqori emas. Agar nizo choʻzilib ketadigan boʻlsa, bu koʻrsatkich yanada pasayib ketishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring