Tramp Vashingtonda dunyodagi eng katta zafar arkasini qurmoqchi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashingtonda quriladigan zafar arkasi loyihasini namoyish etdi. Tegishli post uning Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilindi.
Amerika yetakchisining soʻzlariga koʻra, ushbu inshoot “dunyodagi eng katta va eng goʻzal arka”ga aylanadi.
“Bugun mening maʼmuriyatim hurmatli Nafis sanʼat komissiyasiga dunyodagi eng katta va eng goʻzal zafar arkasining taqdimoti va qurilish rejalarini rasman taqdim etdi”, — deb yozdi Tramp.

Suratda Harrison Design kompaniyasining loyihasi koʻrsatilgan. Unda och rangli toshdan quriladigan va zarhal elementlar bilan bezatiladigan arka aks etgan. Arkaning yuqori qismi ikki chetida rangli metalldan yasalgan ikkita ulkan burgut va markazda qanotli Ozodlik haykalini eslatuvchi oltin suvi yuritilgan figura joylashadi.
Avvalroq xorijiy OAV AQSH Prezidenti Vashingtonda dunyodagi eng baland zafar arkasini tiklashni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Ushbu inshoot Amerika poytaxtida balandligi boʻyicha Jorj Vashington monumentidan keyingi ikkinchi qurilmaga aylanishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring