Tramp barcha tadbirlarini bekor qildi

09:31 03 Oktyabr 2020 Dunyo
1267 0

AQSH prezidenti oʻzi ishtirok etadigan barcha tadbirlar, jumladan, Florida shtati Senford shahridagi saylovoldi mitingini ham bekor qildi. Bundan oldin u va turmush oʻrtogʻi Melanya koronavirusga chalingani maʼlum boʻlgandi.

Ayni paytda ularni davolayotgan vrach Shon Konlining bu haqidagi birinchi bayonotni ham eʼlon qildi. Uning aytishicha, Tramp oʻz vazifasini bajarishga qodir holatda.

Oq uy maʼlumotiga koʻra, Donald Tramp oʻziga qoʻyilgan tashxis munosabati bilan birorta vakolatini vitse-prezidenti Maykl Pensga bermaydi. Bu haqda “Rossiya 24” manbasi xabar qildi.

Pens esa Trampga tezroq tuzalib ketishini tiladi.

«Men turmush oʻrtogʻim Karen bilan birgalikda qadrli doʻstlarimiz — Donald Tramp va birinchi xonim Melanya Trampga mehr-muhabbatimiz hamda duolarimizni yoʻllamoqdamiz. Biz butun Amerika boʻylab millionlab odamlarning toʻliq va tez tuzalib ketishlarini soʻrab qilayotgan ibodatlariga qoʻshilyapmiz», — deb yozadi Pens Tvitterdagi sahifasida.

Donald Tramp 74 yoshga toʻlgan. Yaqinda u Jo Bayden bilan saylovoldi debatlarida ishtirok etgandi. Keyingi debatlar 15-oktyabrga moʻljallangan. Hozircha u qanday formatda oʻtkazilishi nomaʼlum. 

Mamlakatda prezident saylovi esa 3-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер