Tramp Isroilning ichki ishlariga aralashishda ayblandi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp korrupsiyada ayblanayotgan mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayonini toʻxtatishni talab qilib, Isroilning ichki ishlariga aralashmoqda. Bu fikrlarni AQSHning Isroildagi sobiq elchisi Den Shapiro aytib oʻtdi.
“Bu Trampning imperatorlik majmuasining namoyonidir. U Fordoga bomba tashlab, Isroilga yordam berib, Isroil sudyalariga nima qilishini ayta olaman deb oʻylaydi”, — deydi diplomat.
Sobiq elchining qoʻshimcha qilishicha, bu holat AQSHning Isroil ichki ishlariga ochiqdan-ochiq aralashuvidir.
Shu yilning 26-iyun kuni Tramp korrupsiyada ayblanayotgan Netanyahu ustidan sud jarayonini bekor qilishga chaqirgandi. Oq uy rahbarining aytishicha, Isroil bosh vaziri matonatli va malakali rahbar, qolaversa, oʻz vatanini sevadigan jangchi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring