Tramp Isroilga jiddiy tahdid qildi
Foto: Reuters
Isroilning Eronga zarbalarini davom ettirishi sulhning jiddiy buzilishi boʻladi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp aytib oʻtdi.
“U bombalarni tashlamang. Agar tashlasangiz, bu [oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini] jiddiy buzgan boʻladi”, — dedi Oq uy rahbari.
Trampning taʼkidlashicha, Isroil “tinchlanishi kerak”, aks holda Vashington aralashishga majbur boʻladi.
“Yoki men ularni majburlayman”, — deya qoʻshimcha qildi Oq uy rahbari.
Avvalroq Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi Eron Isroilni magʻlub etib, uni magʻlubiyatini tan olishga va agressiyani bir tomonlama toʻxtatishga majbur qilganini bildirgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring