Tramp Eronni Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali oʻtish uchun haq olmaslikka chaqirdi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronni Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali kemalarning oʻtishi uchun haq yigʻish rejasidan voz kechishga chaqirdi. Tegishli post uning Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilindi.
“Eron Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali oʻtayotgan tankerlardan haq yigʻayotgani haqida maʼlumotlar bor. Eron bu ish bilan shugʻullanmasligi kerak, agar allaqachon shunday qilayotgan boʻlsa, zudlik bilan toʻxtatishi lozim”, — deb yozdi Amerika yetakchisi.
Shundan soʻng Tramp yana bir post qoldirib, unda Eronning Hoʻrmuz boʻgʻozidagi harakatlari kelishuvlarga zid ekanini taʼkidladi.
“Eron Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali neft oʻtishini taʼminlashda juda yomon ishni amalga oshirmoqda, baʼzilar buni hatto nomussizlik deb atagan boʻlardi. Bu bizning kelishuvlarimizga mos kelmaydi”, — deb qayd etdi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Donald Tramp Hoʻrmuz boʻgʻozi zudlik bilan ochilishi sharti bilan AQSH Eronni bombardimon qilishni ikki haftaga toʻxtatishini maʼlum qilgan edi.
Eron hukumati sulhga roziligini tasdiqladi. Tehronning rasmiy bayonotida aytilishicha, mamlakat “buyuk gʻalabaga erishdi va jinoyatchi Amerikani oʻzining oʻn banddan iborat rejasini qabul qilishga majbur etdi”.
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi alohida xabarida ikki hafta davomida kemalar Eron harbiylari bilan oʻz harakatlarini muvofiqlashtirgan holda Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali oʻtishlari mumkinligini tasdiqladi.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu maʼmuriyati yahudiy davlati AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron bilan ikki haftalik sulh tuzish qarorini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring