Tramp Erondagi operatsiyani tezroq yakunlashni istamoqda

10:25 16 Aprel 2026 Dunyo
236 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va qirolicha Maksima bilan boʻlib oʻtgan xususiy tushlik paytida Erondagi operatsiyani imkon qadar tezroq yakunlamoqchi ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Amerika yetakchisining taʼkidlashicha, Tehronni muzokaralar jarayoniga qaytarishning yagona yoʻli bu — mamlakatga boʻlgan bosimni oshirishdir.

Avvalroq respublikachi Eronga qarshi harbiy operatsiya yakunlanish arafasida ekanligiga ishonch bildirgan edi.

“Menimcha, u yakunlanish arafasida. Men buni nihoyasiga juda yaqin deb koʻryapman”, — dedi AQSH rahbari Fox News telekanali boshlovchisi Mariya Bartiromo bilan suhbatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер