Tramp Erondagi maktabga berilgan zarba uchun AQSH masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishini tan olmadi
AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Eronning Minab shahridagi qizlar maktabiga berilgan zarba uchun javobgarligini tan olmadi, deb xabar bermoqda TASS.
Amerika yetakchisining soʻzlariga koʻra, mutaxassislar hujum holatlarini oʻrganishda davom etmoqda.
“Biz bilmaymiz. Bu holat tergov qilinmoqda”, — dedi Tramp Minabdagi maktabga berilgan zarba uchun AQSHning masʼuliyatini eʼlon qilishga tayyormi-yoʻqmi degan savolga javoban.
Avvalroq AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Amerika hukumati ushbu zarba nima sababdan berilganini toʻliq tushunmayotganini bayon qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, fevral oyi oxirida Eron rasmiylari AQSH va Isroil Eron janubidagi Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga zarba bergani haqida bayonot bergan edi. Hodisa oqibatida 175 kishi halok boʻldi — ularning aksariyati oʻquvchi qizlar, shuningdek, ota-onalar va oʻqituvchilardir. Yana 95 kishi jarohat olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring