Tramp Eron bilan sulhni uzaytirishga ehtiyoj sezmayapti
AQSH Prezidenti Donald Tramp oʻt ochishni toʻxtatish rejimini uzaytirish haqida oʻylamayapti, deb xabar berdi ABC News jurnalisti Jonatan Karl.
Amerika yetakchisi bunga zarurat tugʻiladi deb hisoblamaydi.
“Oʻylaymanki, oldinda sizni hayratlanarli ikki kun kutmoqda. Men haqiqatan ham shunday deb oʻylayman”, — deya qayd etdi respublikachi.
Trampdan nizo kelishuv imzolanishi bilan yakunlanadimi, deb soʻrashganda, u nizo har qanday holatda ham tugashini, ammo kelishuv afzalroq ekanini aytdi. Chunki bunday holatda Islom Respublikasi qayta tiklanish imkoniyatiga ega boʻladi.
“Bu har qanday tarzda tugashi mumkin, lekin menimcha, kelishuv maʼqulroq, chunki oʻshanda ular qayta shakllanishi mumkin boʻladi. Hozir ularda haqiqatan ham boshqacha rejim. Nima boʻlishidan qatʼi nazar, biz radikallarni yoʻq qildik. Ular endi yoʻq, ular endi biz bilan emas”, — deb taʼkidladi Amerika yetakchisi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Donald Tramp AQSH Eronni bombardimon qilishni ikki haftaga toʻxtatishini maʼlum qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring