Tramp AQSHda prezident saylovlarini qoldirish masalasi haqida oʻylamoqda

14:32 31 Iyul 2020 Dunyo
957 0

AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus tufayli pochta orqali ovoz berishga toʻgʻri kelmasligi uchun 2020-yil noyabr oyida rejalashtirilgan prezidentlik saylovlarini boshqa kunga qoldirish yaxshiroq boʻlishini taʼkidlamoqda. Bu haqda u “Twitter”dagi sahifasida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, pochta orqali ovoz berish “eng noaniq natijalarni” berishi mumkin.

“Odamlar toʻgʻri, ishonchli va xavfsiz ovoz bera olishmas ekan, saylovlar boshqa kunga koʻchirilsinmi?” - deya savol bilan yuzlangan Amerika yetakchisi.

Eslatib oʻtamiz, AQSHda prezident saylovlari 2020-yil 3-noyabr kuni boʻlib oʻtishi kerak.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Amerikada 4,3 milliondan ziyod koronavirus bilan kasallanish qayd etilgan. Qurbonlar soni 150 mingdan oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер