Tramp: AQSH zarur holatda Italiyaga yordam bermaydi

15:12 17 Aprel 2026 Dunyo
113 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp Qoʻshma Shtatlar zarurat tugʻilganda Italiyaga yordamga kelmasligini maʼlum qildi. Tegishli post uning Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilindi.

Amerika yetakchisi oʻz nashriga The Guardian gazetasining 31-martdagi maqolasiga havola ilova qilgan. Ushbu maqolada Italiya AQSHga Sitsiliya orolidagi Sigonella harbiy bazasidan foydalanishga ruxsat bermagani aytiladi.

“Italiya bizga yordamga kelmadi, biz ham unga yordamga bormaymiz”, — deb yozdi respublikachi.

OAV xabarlariga koʻra, rad javobi 27-mart kuni berilgan. Italiya harbiy rahbariyati bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilmagan, bombardimonchi samolyotlarning Yaqin Sharqqa uchib ketishdan oldin Sigonella bazasiga qoʻnishini koʻzda tutuvchi reja esa hukumatga Amerika samolyotlari havoga koʻtarilganidan keyingina yuborilgan.

Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni OAVda tarqalgan Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar zonasiga yoʻl olgan Amerika bombardimonchilarining Sitsiliyadagi bazaga kiritilmagani haqidagi xabarlar yuzasidan Rim va Vashington oʻrtasida hech qanday kelishmovchilik yoʻqligini taʼkidlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?