Tojikistonning nufuzli telekanali orqali Oʻzbekistonning turizm imkoniyatlari targʻib etilmoqda
Mamlakatimizga kirib keluvchi xorijlik sayyohlar sonini 7 mln nafardan oshirish, bu borada Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 5-iyulidan boshlab Dushanbe HD telekanali orqali yurtimiz turizm imkoniyatlarini oʻzida aks ettirgan videoroliklar namoyishi yoʻlga qoʻyildi. Mazkur videoroliklar orqali mamlakatimizning goʻzal tabiati, qadamjolari, zamonaviy meʼmorchilik durdonalari, tarixiy yodgorliklari hamda gastronomik va ziyorat turizmi imkoniyatlari haqidagi kadrlar qardosh Tojikiston xalqiga taqdim etilmoqda.
Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK hamda Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchixonasi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan ushbu targʻibot kampaniyasi doirasida Tojikistonning nufuzli telekanali bilan joriy yilning oxiriga qadar shartnoma imzolangan boʻlib, har kuni kechki vaqtlarda ikki marotaba targʻibot videoroliklari efirga uzatilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring