Tojikistonda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtadi

11:17 08 Oktyabr 2020 Siyosat
1709 0

2020-yil 11-oktyabrda Tojikistonda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtadi. Tojikiston saylov qonunchiligiga koʻra, Prezident yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yilga saylanadi. Saylovchilar roʻyxatiga kiritilganlarning 50 foizdan ortigʻi ovoz berish jarayonlarida ishtirok etsa, saylov natijalari haqiqiy deb topiladi.

Prezidentlikka nomzodlar MSKga oʻz nomzodlarini qoʻllab-quvvatlash uchun 210,000 imzolarini (saylovchilar umumiy sonining 5 foizidan koʻprogʻi) topshiradilar. Prezident lavozimiga nomzod kamida 30 yoshga toʻlgan, davlat tilini yaxshi biladigan, kamida soʻnggi 10 yil davomida Tojikiston hududida doimiy yashagan Tojikiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi mumkin. Agar saylovlarda Prezidentlikka nomzodga saylovchilarning yarmidan koʻpi ovoz bergan boʻlsa, u saylangan deb hisoblanadi. Prezident saylovini oʻtkazish tartibi konstitutsiyaviy qonun bilan belgilangan.
Quyida partiyalarning ilgari surayotgan nomzodlari bilan tanishishingiz mumkin.

—Tojikiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod - Tojikistonning amaldagi Prezidenti Emomali Rahmon
— Tojikiston Agrar partiyasidan nomzod - Rustam Latifzoda
—Tojikiston Demokratik partiyasidan nomzod - Saidjafar Usmonzoda
—Tojikiston Sotsialistik partiyasidan nomzod - Abduhalim Gʻafforov
—Tojikiston Iqtisodiy islohotlar partiyasidan nomzod - Rustam Rahmatzoda
—Tojikiston Kommunistik partiyadan nomzod- Meroj Abdulloyev.

Tojikistonda saylovchilarning umumiy soni 4 mln 900 ming 545 taga teng boʻlib, ular 68 ta saylov okruglarida joylashgan saylov uchastkalarida munosib nomzodlarga ovoz beradilar.

Saylov jarayonlarini xalqaro kuzatuvchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya ham kuzatib borishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер