Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 mingdan oshdi

23:49 01 Iyun 2020 Dunyo
951 0

Tojikistonda 1-iyun holatiga koʻra COVID-19 bilan kasallanganlar soni 4013 kishiga yetdi. Bir sutkada 83 kishida koronavirus aniqlangan. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sogʻayganlar soni 2089 nafar boʻlib, 1814 kishi davolanmoqda.

47 kishi kasallikdan vafot etgan boʻlib, bu koʻrsatkich besh kundan beri oʻzgarmadi.

Tojikiston sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, hozirda mamlakatdagi 85 ta kasalxonaga 7500 nafar shifokor va 25 ming nafar oʻrta tibbiyot xodimlari safarbar qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер