Tojikistonda “101 reys" filmining premyerasi boʻlib oʻtdi
Tojikistonda Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan Akrom Shoxnazarov rejissyorligida suratga olingan “101 reys” filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. “Oʻzbek kino kunlari” doirasida tashkil etilgan mazkur namoyish Dushanbedagi “Koxi Navruz” madaniyat saroyida oʻtkazildi.
“101 reys” filmida 2001-yil 11-sentyabr kuni mashʼum terakt tufayli Toshkent-Nyu-York yoʻnalishida parvoz qilgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” samolyoti ekipaj aʼzolarining jasorati toʻgʻrisida hikoya qilinadi. Film tojik kinomuxlislari tomonidan iliq kutib olindi.
Kino kunlari doirasida yana shuningdek, mezbonlar uchun “Bir kunlik toʻy”, “Tutqunlik” va “Matonat maktabi” filmlari taqdim etiladi. Ushbu filmlar namoyishi tojik kinoteatrlari hamda telekanallarida oʻtkazilishi belgilangan. Shu bilan bir qatorda, film ijodkorlari bilan ijodiy suhbatlar va fotosessiyalar boʻlib oʻtmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring