Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasida yuz bergan otishma oqibatida ikki tojik chegarachisi halok boʻldi
Foto: РИА «Новости»
Qirgʻiziston tomonidan minomyotdan oʻqqa tutilishi oqibatida ikki tojik chegarachisi halok boʻlgan, yana olti nafari yaralangan. Bu haqda Tojikiston chegaradosh Isfara shahri maʼmuriyat maʼlum qildi.
«Minomyotdan otishma chogʻida Kex chegara otryadining ikki chegarachisi halok boʻldi, olti nafari yaralandi va voqea yuz bergan hududda boʻlgan olti nafar tinch aholi vakillari tan jarohati oldi», deyiladi manbada. Qoʻshimcha qilishicha, ogʻir jarohat olganlar Isfara shahar kasalxonasiga, qolgan yaradorlar esa Vorux qishlogʻidagi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.
Avvalroq, Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara xizmati Qirgʻiziston va Tojikiston harbiylari oʻrtasida 14-sentyabr kuni uchinchi marta otishma sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.
Taʼkidlanishicha, Qirgʻiziston chegarachilari tojik harbiylarining xatti-harakatlari javoban oʻt ochishga majbur boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring